← Bosh sahifaga qaytish

Yangiliklar

Litseydagi tadbirlar va muhim yangiliklar

Bu sahifada NMPI Akademik litseyida o‘tkazilgan eng muhim tadbirlar, intellektual musobaqalar va bayram dasturlari haqida ma’lumotlar jamlangan.

“Math Party” intellektual kechasi

27-mart, 2026

“Math Party” intellektual kechasi

Bugun, 27-mart kuni NMPI akademik litseyida “Math Party” nomli intellektual kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga matematika faniga asos solgan buyuk olimlarning hayoti va ularning ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi va tezkorligini sinovdan o‘tkazish maqsadida IQ savollari hamda test topshiriqlari asosida musobaqa tashkil etildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni 104-guruhning “Viet” jamoasi, 2-o‘rinni 105-guruhning “Gauss” jamoasi, 3-o‘rinni esa 103-guruhning “Dekart” jamoasi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 101-guruhning “Pifagor” jamoasi va 102-guruhning “Al-Xorazmiy” jamoasi ham faol ishtirok etdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Zakovat” turnirida faxrli 2-o‘rin

Mart, 2026

“Zakovat” turnirida faxrli 2-o‘rin

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi. Uch tur natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni IIV Qoraqalpoq akademik litseyi, 2-o‘rinni NMPI akademik litseyi, 3-o‘rinni esa “Temurbeklar” HAL jamoasi egalladi. Ushbu jamoalar turnirning respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Final bosqichiga yo‘l olgan g‘olib jamoalarga keyingi bosqichda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.

“Assalom, Navro‘z — bahor elchisi!” bayram tadbiri

17-mart, 2026

“Assalom, Navro‘z — bahor elchisi!” bayram tadbiri

Bugun, 17-mart kuni NMPI akademik litseyida “Assalom, Navro‘z — bahor elchisi!” nomli umumxalq Navro‘z bayrami tantanali ravishda nishonlandi. Bayram kechasini akademik litsey direktori Q. Qalxorazov tabrik so‘zi bilan ochib, Navro‘z bayrami yosh avlodni milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, shuningdek, o‘zaro do‘stlik, ahillik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda alohida o‘rin tutishini ta’kidladi. Tadbir davomida milliy kiyimlar va milliy taomlar ko‘rgazmasi, shuningdek, urf-odat va an’analarimiz aks etgan konsert dasturlari namoyish etildi. Bayram yakunida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari G. Masharipova faol o‘quvchilar hamda guruh rahbarlarini faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Rasmiy manbalar

Litsey yangiliklarini kuzatib boring

Litsey hayotidagi tadbirlar, e’lonlar va yangiliklar bilan doimiy tanishib borish uchun rasmiy Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.